Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bino va inshootlarni qurishda jamoatchilik fikriga tayaniladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan tayyorlangan “Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi ishtirokida muhokama tashkil etdi.
Mazkur qonun loyihasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi yechimlarning muhokamasi va qabul qilinishida jamoatchilikning ishtiroki qonun darajasida ta'minlanishiga qaratilgan.
Amaldagi Shaharsozlik kodeksining 10-moddasida fuqarolarning shaharsozlik faoliyatiga oid hujjatlarning tayyorlanishida ishtirok etish huquqi aks ettirilgan. Ammo Shaharsozlik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida fuqarolarning shaharsozlik faoliyatida ishtirok etishi borasida aniq mexanizm mavjud emas. Shu bois ham fuqarolar bu boradagi fikrlarini umumiy tartibda fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik doirasida ariza va shikoyatlar tarzida ifodalash, shuningdek, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z fikr-mulohazalarini bildirish bilan cheklanib qolmoqda.
Mamlakatda davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Biroq, shaharsozlik faoliyati o‘ta murakkab jarayon hisoblanib, unda jamoatchilik nazorati mexanizmining to‘laqonli o‘rnatilishi uchun qonunchilikka tegishli o‘zgartishlar kiritilishini taqozo qiladi.
Deputatlar muhokama qilinayotgan qonun loyihasining dolzarbligini ta'kidlab, uning shaharsozlik faoliyati ochiqligini ta'minlashga xizmat qilishini qayd etdilar. Taqdim etilgan qonun loyihasida jamoatchilik muhokamasini tashkil etishning tartibi, mazkur sohadagi jamoatchilik ekspertizasi institutining tartibga solinishi va jamoatchilik ekspertizasi natijalarining qayd etilishi, muqobil loyiha instituti kiritilishi, shaharsozlik faoliyati bo‘yicha rasmiy axborot berilishi tartibi hamda shaharsozlik, loyihalash hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish tartibini aniqlash masalalari o‘z aksini topgan.
Bahs-munozaralar davomida siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari hamda deputatlik guruhi vakillari muhokama etilgan qonun loyihasi bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bildirishdi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
20:23 / 12.11.2025
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
10:04 / 12.05.2025