Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq kriketchi Imron Xon Pokistonning keyingi Bosh vaziri bo‘lishga yaqin turibdi
Foto: REUTERS
Pokistonlik sobiq kriketchi, ayni paytda mamlakat Bosh vaziri lavozimi uchun saylovlarda kurashayotgan Imron Xon dastlabki natijalardan ko‘ngli to‘lmayapti. Uning aytishicha, bularning barchasi «ochiqchasiga soxtalashtirilgan raqamlar» hisoblanadi.
25 iyul kuni o‘tkazilgan saylovning 30 foizli natijasi e'lon qilingach, Xon yetakchiligidagi «Tehriki Insof» partiyasi Milliy Assambleyadagi 272 o‘rinning 132tasiga da'vogarlik qilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Sobiq Bosh vazir Sharifning «Pokiston musulmonlari ligasi - Navoz» partiyasi esa 66ta, ikki marta Bosh vazir sifatida faoliyat yuritgan marhuma Benazir Bhuttoning o‘g‘li boshchilik qilayotgan «Pokiston xalq partiyasi» 39ta o‘ringa egalik qilmoqda.
Biroq, Pokiston Markaziy saylov komissiyasi yakuniy natijalarni e'lon qilishga shoshilmayapti.
«Bu yerda hech qanday shubhaga o‘rin qolmasligi lozim. Shunchaki, saylov natijalarini tekshiruvchi tizim ishdan chiqqan», deydi komissiya rasmiy vakili Babar Yaqub.
Milliy Assambleyada 137ta o‘ringa egalik qilibgina saylovda mutlaq g‘alabaga erishish mumkin. Imron Xon boshchiligidagi partiya matbuot kotibi Favod Chaudri esa «Imron Xon yangi Bosh vazir» deya e'lon berib ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, saylov kuni ham mamlakatda portlash yuz berdi. Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Kvetta shahrida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
06:22 / 08.04.2026
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
21:14 / 06.04.2026