Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Logistika samaradorligi indeksida nechanchi o‘rinni egalladi?
O‘zbekiston Logistika samaradorligi indeksida 168 mamlakat orasida 117-o‘rinni egalladi. Tadqiqot Jahon bankining saytida e'lon qilindi.
Logistika samaradorligi indeksini (LPI) o‘z ichiga olgan «Raqobatbardoshlikni oshirish uchun aloqalarni o‘rnatish» hisoboti har ikki yilda bir marta e'lon qilinadi. Unda 168 davlat reytingi bo‘lib, milliy va xalqaro bozorlarga kirishni ta'minlovchi ta'minot zanjirlari samaradorligi o‘lchanadi.
Hisobotning so‘nggi to‘rtta xulosasi natijalariga ko‘ra, Germaniya eng yuqori samaradorlik egasiga aylandi. Ta'minot zanjiri sohasida yetakchilik qiluvchi, yuqori daromadli mamlakatlar logistika samaradorligi reytingida eng yuqori o‘rinni egallaydi (Niderlandiya, Shvetsiya, Belgiya, Singapur, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstriya, Gonkong, AQSh).
O‘zbekiston 117-o‘rinni egallab, Armaniston (116) va Zambiya (118) o‘rtasida joylashdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda - 77. Eng yomoni - Tojikiston (147).
Reytingning quyi pog‘onalarini, odatda, past daromadli mamlakatlar, shuningdek, yakkalanib qolgan, beqaror yoki nizolarga yoki tartibsizliklarga duch kelayotgan mamlakatlar egallaydi.
Mavzuga oid
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026