Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Jamoatchilik nazorati” guruhlari Surxondaryo viloyatining yana bir tumanida ish boshladi
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini o‘rganish, aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash maqsadida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Sherobod tumanlarida faoliyat olib borgan “Jamoatchilik nazorati” guruhlari bugun Qiziriq tumanida ish boshladi.
Ishlash prinsipingizni oddiy odamlarning talab va istaklari asosida tashkil etsangizgina, odamlar hayotidan, davlat va jamiyatdan rozi bo‘ladi. Oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga xalqning dard-u tashvishlari bilan yashash, uning manfaatlarini ta'minlash orqaligina erishishimiz mumkin, - dedi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov “Jamoatchilik nazorati” guruhlari a'zolari, sektorlar rahbarlari hamda viloyat, tuman korxona va tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda.
Shu tariqa, viloyatdagi jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 4ta “Jamoatchilik nazorati” guruhi 10 kun davomida tumanning 49 ta mahallasidagi har bir xonadonga birma-bir kirib, aholining muammolari, taklif va shikoyatlarini tinglashga, ijtimoiy soha obektlarida bo‘lib, ularning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganishga kirishdilar.
Sektor rahbarlari hamda tegishli idoralar o‘rganish jarayonida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, aniqlangan muammo va kamchiliklarning tezkor va samarali yechimini topish choralarini ko‘rib boradi. Bu esa odamlarning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish istagida bo‘lganlar uchun telegram aloqa:
TeLeGRAM ALOQA: Bahodir Po‘latov (@surxondaryohokim)
Mavzuga oid
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026