Jahon | 12:05 / 27.07.2018
21058
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh avgust oyida Eron yadro obektlariga zarba berishi mumkin - OAV

Foto: Hasan Jamali / AP

Amerika Qo‘shma Shtatlari joriy yilning avgust oyida Eronning yadroviy obektlariga zarba berishi mumkin, amaliyotda Avstraliya harbiy kuchlari ularga yordam beradi. Bu haqda ABC News manbalarga asosan xabar qilmoqda.

ABC News’ning Avstraliya hukumatidagi manbalariga ko‘ra, Avstraliya mudofaa obektlari Eron hududidagi nishonlarni belgilashga jalb qilinishi mumkin. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vazifani Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarining vakillari ham bajaradi.

«Amaliyotni ishlab chiqish zarba berishdagi aniq ishtirokdan juda farq qiladi», - deya ta'kidlab o‘tgan Avstraliya xavfsizlik kuchlarining yuqori lavozimli vakili. 

Shuningdek, uning qayd etishicha, ittifoqchilarga nishonlar haqida ma'lumot berish, ularni o‘sha obektlarga yo‘naltirish emasdir.

Telekanalning aniqlik kiritishicha, Avstraliyaning Shimoliy hududida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarining vakillari kiradigan «Besh ko‘z» (AUSCANNZUKUS) nomli alyans obektlarining eng muhimlaridan biri, deb hisoblanuvchi sirli mudofaa obekti mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron bosh shtabi boshlig‘i AQSh tahdidlariga qat'iy javob va'da qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid