Jahon | 13:13 / 27.07.2018
7732
1 daqiqa o‘qiladi

KXDRning keyingi yadrosizlanishi uchun shart ma'lum qildi

Foto: AP

Shimoliy Koreya yadrosizlanish jarayonini davom ettirish uchun Koreya urushining tugagani haqida e'lon qilish haqida so‘ramoqda. Bu haqda Koreya hamkorlik va muvofiqlashtirish milliy kengashi raisi Kim Xon Gil ma'lum qilgan.

«Avvaliga shimoliy koreyaliklar tinchlik shartnomasini xohlashgandi, ammo hozirda ular urush tugagani haqida e'lon qilishni so‘rashmoqda», - deya uning so‘zlarini keltiradi South China Morning Post nashri.

Kim Xon Gilning ta'kidlashicha, Pxenyan yetarlicha yon berildi, deb hisoblamoqda va javob harakatlarini, xususan, hech bo‘lmaganda sanksiyalarning qisman olib tashlanishini kutmoqda.

Amaldor, shuningdek, Xitoyni urush tugaganligi haqida e'lon qilish bo‘yicha muzokaralarga qo‘shishga chaqirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid