Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron AQSh va Yevroittifoq savdo muzokaralariga qarshi chiqdi
Foto: JAVIER SORIANO/AFP/Getty Images
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh va Yevropa ittifoqining kengroq savdo muloqotidan norozilik bildirdi, sababi u mos bo‘lmagan vaziyatda yuz beryapti. Fransiya yetakchisining so‘zlari Euronews telekanali tomonidan keltirilgan.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, YeI davlatlari, xususan, Fransiya AQSh bilan savdo urushini hech qachon xohlamagan. Uning fikricha, istalgan muloqot «tahdidlarga» emas, balki teng munosabatlarga asoslangandir.
«Men kengroq savdo muloqoti boshlanganini qo‘llab-quvvatlamayman, sababi hozir buning uchun mos vaziyat emas», - dedi Makron.
Uning ta'kidlashicha, savdo kelishuvida qishloq xo‘jaligi muhokama qilinishi lozim, sababi atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘liqni saqlash sohasidagi bironta Yevropa standarti buzilmasligi kerak. Makronning so‘zlariga ko‘ra, YeI hukumati o‘z sanoatchilari va qishloq xo‘jaligi sohasi ishchilariga atrof-muhitni «hurmat qiladigan yangi ishlab chiqarish modeliga e'tibor qaratishni», biroq, shu bilan birga, bunday shartlar unchalik muhim bo‘lmagan mamlakatlar bilan kelashuvlarga erishishni taklif qila olmaydi.
Mavzuga oid
20:42 / 08.04.2026
Eron sulhdan keyin yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi
20:13 / 08.04.2026
Eron AQSh va Isroilni sulhni buzganlikda ayblab, BAA, Kuvayt va Bahraynga zarbalar berdi
20:02 / 08.04.2026
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
18:47 / 08.04.2026