O‘zbekiston | 15:12 / 27.07.2018
5430
2 daqiqa o‘qiladi

«Obod mahalla» jamg‘armalari mablag‘lari nimalarga sarflanadi?

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi «Obod mahalla» jamg‘armalarini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi.
 
Eslatib o‘tamiz, «Obod mahalla» dasturida shahar aholi punktlarini obodonlashtirish nazarda tutilgan bo‘lib, Prezidentning 27.06.2018 yildagi PF–5467-son Farmoni va Prezidentning 27.06.2018 yildagi PQ–3812-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. 
 
Norma’ning yozishicha, ishlarni moliyalashtirish maqsadida poytaxt va har bir mintaqa hokimligi huzurida yuridik shaxs hisoblanmaydigan «Obod mahalla» jamg‘armalari tashkil etiladi. Qabul qilingan hujjatda ularning mablag‘larini shakllantirish manbalari va sarflash yo‘nalishlari belgilandi:   

«Obod mahalla» jamg‘armalari mablag‘larini boshqa maqsadlarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha smeta tegishli hokim boshchiligidagi Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Uning tarkibiga sektorlar rahbarlari, shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiradi. Tegishli hokimliklarning buxgalteriya xizmatlari esa jamg‘armalarning ishchi organi hisoblanadi.
 
Hujjat 25.07.2018 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid