Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShga amerikalik askarlar xokini topshirdi
Foto: REUTERS
KXDR AQShga Koreya urushi davrida halok bo‘lgan amerikalik askarlarning jasadlari qoldiqlarini topshirdi. Qoldiqlar S-17 samolyotida Janubiy Koreyadagi Osan aviabazasiga yetkazildi, deyiladi Oq uy xabarida.
Bayonotda bildirilishicha, jasadlar qoldiqlarini izlab topish va topshirish haqidagi kelishuvga Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning Singapurdagi uchrashuvi davomida erishilgan.
Oq uy matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, KXDR hududida 5,3 mingga yaqin amerikalik harbiylar jasadlari qolib ketgan.
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi urush 1950 yil 25 iyundan 1953 yil 27 iyulga qadar davom etgan. Mazkur urushda Vashington 36,6 ming askarini yo‘qotgan.
Mavzuga oid
10:25
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55
AQSh va Armaniston hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarni imzoladi
09:03
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
14:12 / 26.05.2026