Jahon | 00:25 / 28.07.2018
36532
2 daqiqa o‘qiladi

21-asrdagi eng uzoq davom etuvchi Oyning to‘liq tutilishi boshlandi

Ayni daqiqalarda 21-asrda eng uzoq davom etuvchi Oyning to‘liq tutilishi boshlandi. 

Oy tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 23:24da boshlandi va soat 03:20gacha davom etadi.

Hozir Oy tutilishining “Qizil oy” deb nomlangan bosqichini kuzatish mumkin. U 1 soat 43 daqiqa davom etadi. Bu vaqtda Yerning tabiiy yo‘ldoshi o‘z rangini qizil rangga o‘zgartiradi.

Oy tutilishi 4 soat davom etadi. Uni Osiyo, Janubiy Amerika, Yevropa, Afrika va Avstraliyada kuzatish mumkin bo‘ladi.

Shu kecha osmonda yana bir antiqa hodisa – Mars sayyorasining buyuk qarshi turishini kuzatish mumkin bo‘ladi. Qizil sayyora Yerga 15 yil ichida eng yaqin masofaga keladi. Mars osmonda qizil yulduz kabi ko‘rinadi.

Oxirgi marta bu ikki hodisa, ya'ni Oyning to‘liq tutilishi va Marsning buyuk qarshi turishi bir kunda 200 yilcha avval kuzatilgan.

Mavzuga oid