Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holati yaxshilanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi qabristonlarni sanitariya holatini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahridagi qabristonlar maydonlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ma'qullanishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi:
Toshkent shahar hokimi qarori bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tasarrufiga buzilish hisobiga bo‘shaydigan tegishli yer uchastkalarini qabristonlar uchun istisno tarzida ajratib berilishi ta'minlaydi.
Toshkent viloyati hokimligi:
Toshkent viloyati hokimi qarori bilan Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tasarrufiga Zangiota tumani “Tarnov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 1-bosqichda 50,0 gektar, 2-bosqichda 50,0 gektar yer maydoni qabriston uchun istisno tarzida yer uchastkalari ajratib beriladi.
Toshkent shahridagi qabristonlarni sanitariya qoidalari talablariga muvofiq holda saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishini ta'minlash va aholiga ko‘rsatiladigan maxsus transport xizmatlar sifatini oshirish, o‘z xizmat muddatini o‘tagan hamda eskirib qolgan avtotransport vositalari va maxsus texnikalarni yangilash maqsadida Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasini 2018-2020 yillarda zarur avtomashina va mexanizmlar bilan ta'minlash dasturi tasdiqlanishi mumkin.
Toshkent shahridagi qabristonlarni kengaytirish va Toshkent viloyati hududidan Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tasarrufiga ajratilayotgan yer maydonlari nobudgarchiliklar jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar o‘rni belgilangan tartibda Toshkent shahar mahalliy byudjyetining har chorak yakuni bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushgan daromad qismi mablag‘lari, zaxira jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi:
“Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi balansida bo‘lgan Toshkent shahri qabristonlari hududida joylashgan mavjud tashqi yoritish tarmoqlarini Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi balansiga beg‘araz ravishda topshirilishini;
Bunda, Toshkent shahri qabristonlaridagi tashqi yoritish tarmoqlarini ta'mirlash va energotejamkor yoritgichlarga almashtirish xamda barcha mavjud qabristonlarga tashqi yoritishda sarflanayotgan elektr-energiyasi hisoblagichlarini va ularni boshqarish yashiklarini alohida qilgan holda “Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi tomonidan Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga bosqichma-bosqich topshirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026