Jahon | 11:30 / 29.07.2018
10581
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an AQSh F-35 samolyotlarini yetkazib berishni to‘xtatishi oqibatlaridan ogohlantirdi

Burhan Ozbilici/AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agarda rasmiy Vashington F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermaydigan bo‘lsa, Anqara xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilishini aytdi. Bu haqda Haberturk xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda AQSh Turkiyaga F-35 samolyotlarini yetkazib bermasa, mamlakat xalqaro arbitrajga murojaat qiladi.
U shuningdek, F-35 samolyotlarining «muqobili» borligini ham qayd etib o‘tdi.

Avvalroq OAV AQSh kongressi Anqara Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini sotib olishi tufayli Turkiyaga F-35 qiruvchilarini yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yganini xabar qilgandi. 

Qayd etilishicha, bu Qo‘shma Shtatlarning 2019 yilgi harbiy byudjyeti so‘nggi talqiniga tegishli tuzatishlar kiritish orqali joriy etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров

Mavzuga oid