G20 davlatlari ocharchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga kelishib oldi
“Katta yigirmatalik” davlatlari vazirlari butun dunyoda ocharchilik kuchayganidan xavotir bildirishdi va uni yo‘q qilish bo‘yicha birgalikda ishlash istagini aytib o‘tishdi. Bu haqda G20 davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari uchrashuvining yakuniy bayonotida aytilgan.
“Bizda 2016 yilda butun dunyoda bir necha yildan keyin ocharchilik yana kuchaygani xavotir uyg‘otmoqda va ayni vaqtda undan 815 mln kishi, 2 mlrd kishi esa inson uchun zaruriy oziqa komponentlari yetishmasligidan aziyat chekmoqda”, deb aytilgan bayonotda.
“Biz kelajakda oziq-ovqat sohasida barqaror rivojlanishga erishish, har bir kishi sog‘lom turmush uchun yetarli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatga ega bo‘lishi uchun ocharchilikni yo‘q qilish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadiga erishishda birgalikda ishlash majburiyatini o‘z zimmamizga olamiz”, deyilgan hujjatda.
Vazirlar ocharchilik va to‘yib ovqat yemaslik turli sabablar bilan tushuntirilishini qayd qilishgan va bu sohadagi chaqiriqlarga qarshi kurash uchun xalqaro mexanizmlarni mustahkamlashga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
12:09 / 12.10.2024
Kollektivlashtirishning salbiy oqibatlari: SSSRda ocharchilikdan halok bo‘lgan odamlar
11:44 / 01.03.2024
G20 vazirlar uchrashuvi yakuniy bayonotsiz yakunlandi
10:43 / 06.12.2023
Moskva G20 sammitida ishtirok etish formati borasida bir qarorga kela olmayapti
12:50 / 20.11.2023