Jahon | 14:20 / 29.07.2018
4806
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi kuchli zilzila oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Indoneziyaning Bali oroli yaqinidagi Lambok orolida zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarni tashkil etmoqda, shuningdek, kamida 40 kishi ushbu tabiiy ofatdan jabrlangan. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.

Zilzila o‘chog‘i 7,5 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, bu hududda zilzila kuchi 6,4 ballga teng bo‘lgan. Zilziladan keyin 11 marta aftershok qayd etilgan.

Indoneziya tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha agentlik ma'lumotiga ko‘ra, sayyohlar ko‘p tashrif buyuruvchi Rinjxaniy milliy parki deyarli vayron bo‘lgan.

Baliga tashrif buyurgan sayyohlarni zilzila uyg‘otib yuborgan, ularning ba'zilari ijtimoiy tarmoqda ertalab karovatdan yiqilib tushib uyg‘ongani haqida yozishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid