Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroillik ofitserga tarsaki tushirgan falastinlik ayol ozodlikka chiqdi
© Reuters
Isroillik harbiyga tarsaki tushirgan falastinlik Axed Tamimi ismli ayol sakkiz oylik qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Bugun ertalab Tamimi ozod etildi», — degan Isroil qamoqxonalar boshqarmasi rasmiy vakili Asaf Librati.
Ayni vaqtda Tamimi o‘z qishlog‘iga yo‘l olgan, uni bu yerda tantanali kutib olish marosimi tashkil etilgan.
Tamimi Isroil ofitseriga hujum qilganidan so‘ng hibsga olingandi. Voqea tasvirlangan videolavhada uning harbiyga qichqirgani va tarsaki tushirib uni tepganligi aks etgan. Isroil ofitseri unga javob qaytarmagan.
OAVning xabar berishicha, Tamimi qarindoshlaridan biri isroilliklar bilan to‘qnashuvda og‘ir jarohat olganidan so‘ng shunday harakatni amalga oshirgan.
Mavzuga oid
17:42 / 07.04.2026
Tinchlik kengashi Hamasdan tez orada qurolsizlanishni talab qilmoqda
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
13:57 / 06.04.2026
Eron razvedkasi boshlig‘i halok bo‘ldi
09:25 / 02.04.2026