Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mototsikl ishqibozlaridan kechki va tungi vaqtlarda poygalar uyushtirmaslik so‘raldi
Toshkent shahar IIBB mototsikl ishqibozlaridan kechki vaqtlarda poygalar uyushtirmaslikni so‘ramoqda. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma'lum qildi.
«So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahar IIBBga poytaxt aholisidan mototsiklning dvigatel ovozi odamlarning tungi oromini buzayotgani haqida juda ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Ular orasida yosh bolali onalar, keksalar va bemor kishilarning boquvchilari ko‘pchilikni tashkil etadi», deb ma'lum qildi shahar IIBB matbuot xizmati.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB mototsikl ishqibozlaridan kechki va ayniqsa tungi vaqtlarda poygalar uyushtirmaslikni, guruh bo‘lib harakatlanmaslikni so‘ramoqda.
«Unutmang, har bir inson tunda dam olish huquqiga ega. Ularning tinchini buzishga esa hech kimning haqqi yo‘q. Shunday ekan, hamshaharlaringizning hurmatini saqlang, dilozor bo‘lmang», deyiladi murojaatda.
Mavzuga oid
20:58 / 24.11.2025
Chorbog‘ yo‘lida mototsikl haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi
11:09 / 03.11.2025
Skuter va mototsikllarga “prava”ni qanday olish mumkin va bu qanchaga tushadi?
17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
18:09 / 08.06.2025