Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning migrantlar to‘g‘risidagi qonunini «dunyodagi eng ahmoqona» qonun deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp migrantlarning farzandlari chegarada oilasidan ajratib qo‘yilishini izohlar ekan, Amerikaning bu sohadagi qonunlarini «dunyoda eng ahmoqona» deb atadi. Bu haqda u o‘zinining tvitterida yozdi.
«Iltimos, tushuning, odamlar chegaralarimizni noqonuniy kesib o‘tar ekan, ularning farzandlari bor-yo‘qligidan qat'i nazar buning oqibatlari bor», — deb ta'kidladi Tramp.
U shuningdek, ayrim kishilar bolalardan yomon maqsadlarda foydalanishlari mumkinligini bildirdi.
«Kongress migratsiya to‘g‘risidagi dunyodagi eng ahmoqona va yomon qonunni tuzatish uchun chora ko‘rishi shart!» — deb qo‘shib qo‘ydi AQSh prezidenti.
Avvalroq ispan tilida so‘zlashuvchi kongressmenlar AQSh migratsiya siyosatini irqchilik bilan tenglashtirishgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026