Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevaralarini yong‘indan qutqarmoqchi bo‘lgan 70 yoshli ayol halok bo‘ldi
Foto: REUTERS
AQShning Kaliforniya shtati shimoliga yoyilgan yong‘in 70 yoshli ayol va uning ikki nafar chevarasining ham umriga zavol bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, keksa ayol yong‘in uy atrofini o‘rab olganiga qaramay, uning ichida qolgan ikki nafar chevarasini qutqarish uchun olovga qarshi yurgan.
Yakshanba kuni e'lon qilingan ma'lumotga ko‘ra, Kaliforniyadagi yong‘in tufayli ayni paytda ikki nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi, yana 12 kishi bedarak yo‘qolgan. Shtat rasmiylarining ta'kidlashicha, shu chog‘ga qadar 38 ming kishi yashab turgan uylaridan ko‘chirilgan.
Shtat markazi Sakramentodan 257 km uzoqlikdagi Redding shahrida vaziyat «qizil» darajada bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
10:35 / 24.10.2025