Jamiyat | 19:14 / 30.07.2018
3396
5 daqiqa o‘qiladi

Chilla Fest - 2018’ning raqam va tafsilotlardagi aksi

2018 yil 29 iyulda Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etilgan birinchi shahar festivali – Chilla Fest–2018 o‘tkazildi.

Foto: Chilla Fest—2018

2018 yil 30 iyul, Toshkent sh. Chilla Fest—2018 bu yilgi yozning bosh voqeasi bo‘ldi va O‘zbekistonda shahar festivallarini o‘tkazish an'anasiga asos soldi. Bir vaqtning o‘zida poytaxtning beshta bog‘i (“Lokomotiv”, Central Park, Abdulla Qodiriy nomidagi park, “Anhor-Lokomotiv”, Green Park) an'anaviy attraksionlar bilan bir qatorda qo‘shimcha ma'rifiy-ko‘ngilochar tadbirlar taqdim etib, xalq sayllari markaziga aylandi.

Kun yorqin va ajoyib tadbirlarga boy bo‘ldi: bog‘larga tashrif buyuruvchilar sevimli guruhlari qo‘shiqlariga raqs tushdilar, quvnoq estafetalarda qatnashdilar va esdalik mukofotlarini yutib oldilar. Barcha yoshdagi mehmonlar o‘z ko‘ngillariga yoqadigan mashg‘ulot topishga muyassar bo‘ldilar: festival dasturidan ko‘plab bepul ko‘ngilochar o‘yinlar – oilaviy timbildinglardan tortib, ijodiy mahorat darslarigacha joy oldi.

Foto: Chilla Fest—2018
Foto: Chilla Fest—2018
Foto: Chilla Fest—2018

Bir vaqtda festivalda qatnashgan barcha bog‘larda Toshkent hokimi v.v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan teleko‘prik o‘tkazildi.

— 2018 yil yoz mavsumi mamlakatimiz shaharlari madaniyati tarixida yangi sahifani ochmoqda. Bu kabi tadbirlar ijodiyot ahli: rassomlar, haykaltaroshlar, teatr jamoalarini birlashtirishga xizmat qiladi, ular birgalikda shahar ijodiy salohiyatini oshiradilar. Festivallar kichik biznes rivojlanishiga turtki beradi, savdo rivojiga, sayyohlarni jalb etishga xizmat qiladi, shahar servis iqtisodiyoti rivojining muhim unsuri sanaladi. Bunday festivallarning eng muhim jihati – shahar o‘zgacha ko‘rinish oladi, yanada oqko‘ngil, insonlar uchun ochiq bo‘ladi. Aynan shu sababli, sizlarning fikr va istaklaringizga asoslanib, bu kabi tadbirlarning butun boshli taqvimini tuzishni rejalashtiryapmiz, ular shaharning har bir tumanida bo‘ladi,– dedi tabrik so‘zida Toshkent shahar hokimi v.v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Chilla Fest—2018 raqamlarda:

  • Festival bir vaqtda 5 ta bog‘da o‘tdi;
  • 120 dan ziyod animatorlar bolalar ko‘nglini ovladi;
  • 170 ta bepul ko‘ngilochar hudud tashkil etildi;
  • 200 dan ziyod koordinatorlar tartibni nazorat qildi;
  • Chilla Fest—2018 ishtirokchi guruhlari 300ga yaqin qo‘shiq ijro etdilar;
  • Tanlovlar ishtirokchilariga 2000 dan ortiq mukofotlar topshirildi;
  • Ijodiy mahorat darslarida 5000 dan ziyod buyumlar yasaldi;
  • Festivalning rasmiy fotosuratchilari tomonidan 8000 dan ziyod suratlar yaratildi.
    Foto: Chilla Fest—2018
    Foto: Chilla Fest—2018

— Chilla Fest—2018ni loyihalashtirganda biz barcha jihatlarni hisobga olishga harakat qildik. Odamlar oqimi haddan oshib ketishining oldini olish va dam oluvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, ko‘ngilochar nuqtalar parklar hududlarida bir tekisda taqsimlandi. Izchil rejalashtirish sababli biz barcha ko‘ngilochar hududlarda tartibni ta'minlashga muvaffaq bo‘ldik, bu ommaviy tadbirlarni tashkillashtirishda yangi sifat darajasiga olib chiqdi. Erishilgan yuqori natijalar O‘zbekistonning boshqa shaharlardagi festivallar tashkilotchilari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishiga ishonamiz,– deb sharhladilar, Jamoatchilik kengashining ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish qo‘mitasi vakillari.

Foto: Chilla Fest—2018
Foto: Chilla Fest—2018
Foto: Chilla Fest—2018

Yorqin kun xuddi shunday yorqin syurpriz bilan nihoyasiga yetdi: yakuniy musiqali chiqish paytida havoga kutilmaganda rangli kukunlar osmon sari sochildi.

Chilla Fest—2018 bo‘yicha foto- va videohisobotlarni Toshkent festivallarining rasmiy sayti – tashfest.uzdan ko‘rishingiz mumkin.

Mavzuga oid