Jahon | 20:54 / 30.07.2018
3207
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda 30ga yaqin kishi "iqtisodiy qo‘poruv"da ayblanib hibsga olindi

Eronda kamida 29 kishi "iqtisodiy qo‘poruv"da ayblanib hibsga olindi, deb xabar berdi Mehr agentligi mamlakat sud hokimiyati rahbarining birinchi o‘rinbosari G‘ulom Husayn Muhsin Ejyeiga asoslanib.

"Bu shaxslar javobgarlikka tortildi, ular mamlakat pul va valyuta tizimini qo‘porgani uchun hibsga olindi", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning aksariyati o‘lim jazosi berilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarda ayblanmoqda. U shunday ayblovlar bilan yana qator shaxslar hibsga olinishini va tez orada sud tinglovlari boshlanishini qo‘shimcha qilgan.

Qo‘lga olingan shaxslarning ism-shariflari oshkor qilinmayapti.

Mavzuga oid