Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bir guruh sayyohlar tosh ko‘chkisi ostida qoldi
Bir guruh sayyohlar Qirg‘izistondagi tog‘da tosh ko‘chkisi ostida qolishdi, bir kishi halok bo‘ldi, jabrlanganlar bor, deb xabar qildi RIA Novosti Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Aybek Smadiyarovga tayanib.
"Bugun Qirg‘iziston respublikasidagi Skryabin muzligi hududida bir guruh sayyohlar tosh ko‘chkisi ostida qolishdi. Jabrlanganlar orasida to‘rt nafar Qozog‘iston fuqarosi bor. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan", — dedi Smadiyarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlarni olib kelish uchun Qozog‘istondan vertolyot jo‘natish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026