Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi mahsuloti va urug‘liklar bilan muomala qilishdagi huquqbuzarliklar uchun - 40 EKIHgacha jarima
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldirildi, deb yozmoqda Norma.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi.
Jarima miqdori huquqbuzarliklarning xususiyatiga bog‘liq. Huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, sanksiyalar oshiriladi.
Ma'lumot uchun: ko‘rsatilgan qoidalarning fragmentlari Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom; Urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma; Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament va boshqa qonun hujjatlarida ham mavjud.

Qonun 24.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
09:41 / 19.05.2026