Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoirda bundan uch million yil ilgari yashagan fil skeleti topildi
Jazoirda arxeologlar bundan deyarli uch million yil ilgari yashagan qadimiy fil (stegodon) skeleti topildi.
"Al-Vatan" gazetasining yozishicha, qoldiqlar mamlakat shimoli-sharqidagi Ayn-al-Xensh arxeologik majmuasidagi qazishmalar chog‘ida topilgan.
"Topilma fil bosh chanog‘i va suyaklaridan iborat, uni hozircha yerdan qazib olish rejalashtirilmagan", — deb iqtibos keltiradi gazeta jazoirlik arxeolog Ayman Amraviga tayanib.
Stegodonlar xartumlilar turiga kiruvchi jonivorlar bo‘lib, ular mamontlar va zamonaviy hind fillarining uzoq qarindoshi hisoblanadi. Ular bundan 5,5 – 3 million yil avval Osiyoda yashagan. Stegodonlarning balandligi to‘rt, uzunligi sakkiz metrgacha yetgan, dandonlari esa uch metrgacha bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
23:21 / 24.04.2026
Fillar to‘dasi amerikalik millioner-ovchini toptab o‘ldirdi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026