Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita koreys davlati yagona bayroq ostida harakatlanishi mumkin

Foto: KCNA via REUTERS/File Photo
Indoneziya Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni shu yilning avgustida Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari ochilish marosimiga taklif etdi.
Reuters xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya rahbari Mun Chjye In ham mazkur tadbirga taklif etilgan.
Aprel oyida ikkala koreys davlati Tashqi ishlar vazirlari avgust va sentabrda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida yagona jamoa sifatida qatnashishga kelishib olishgandi.
Indoneziya Insoniyat taraqqiyoti va madaniyat ishlari vaziri Puan Maharani boshchiligida delegatsiya shu hafta Shimoliy Koreyada bo‘lib, Xalq oliy majlisi raisi Kim Yong Nam bilan uchrashgan.
«Bu yerga kelishimizdan maqsad Shimoliy Koreya prezidentini 18 avgustdagi Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida qatnashishlari uchun rasmiy taklif qilishdir», dedi vazir uchrashuvda.
Shuningdek, tashrif chog‘ida Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari, hududiy muammolar, jangarilarga qarshi kurashda Indoneziya politsiyasining harakatlari o‘zaro muhokama qilindi.
Delegatsiya o‘tgan hafta xuddi shu taklif bilan Seulga borgandi. Prezident Mun taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan.
Aprelda Vidodo Shimoliy va Janubiy Koreya sammitini o‘tkazishni taklif etgandi.
Avvalroq, ikki mamlakat Pyongchangdagi Olimpiya o‘yinlari ochilish va yopilish marosimlarida yagona bayroq ostida birlashgan edilar. Jakarta va Palembang shaharlari mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari ikki davlat hamkorligini yanada kuchaytirishiga umid qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

19:12 / 14.07.2025
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi

14:58 / 14.07.2025
"O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi

18:28 / 10.07.2025