Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH ekspertlari qurolli kuchlar birlashgan aloqa tizimini yaratishni muhokama qilishadi
MDH davlatlari ekspertlari Minskda Hamdo‘stlik davlatlari qurolli kuchlarining birlashgan aloqa tizimi to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini muhokama qilishadi, deyiladi MDH Ijroiya qo‘mitasi saytida.
«1-2 avgust kunlari MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlik davlatlari qurolli kuchlarining birlashgan aloqa tizimi to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kelishuv loyihasi Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan.
«Birlashgan aloqa tizimi yaratilishi, rivojlanishi va ishtirokchi davlatlarning qurolli kuchlar aloqa tizimlari, davlat aloqa tizimlaridan to‘liq va samarali foydalanish evaziga zarur boshqaruv sifatini ta'minlash uchun xizmat qilishi kutilmoqda», — deb ta'kidlanadi xabarda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025