Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada terakt sodir etishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik 15 yilga qamaldi
Moskva mintaqasida 2017 yilning 1 sentabr kuni terakt rejalashtirgan IShID a'zosi Murodbek Qodirovga hukm chiqarildi. Unga 15 yil qattiq rejimdagi koloniya muddati berildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Moskva va Moskva oblasti bo‘yicha boshqarmasidan xabar qilishdi.
Moskva okrugining harbiy sudi Qodirovni 21 may kuni teraktga suiqasd qilish, terrorchilik tashkiloti faoliyatini tashkil etish va portlovchi moddalarni noqonuniy qo‘lga kiritganlikda aybdor deb topdi. Bundan oldin Qodirovga hukm to‘g‘risida ma'lumot berilmagan, deya yozadi «Kommersant».
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Murodbek Qodirov 1 sentabr kuni odamlarga bolta bilan hujum qilishni rejalashtirgan, keyin esa bombani portlatmoqchi bo‘lgan. U IShIDga sodiqlik keltirib, Suriyada jang qilgan shaxslar yo‘l-yo‘riqlar olib turgan. Qodirov o‘zini aybdor deb topdi.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026