Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notarial idoralar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining “Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
“Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:
Nomi va 1-banddagi “notarial arxivlar” degan so‘zlar “idoraviy notarial arxivlar” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
Ilovada:
a) nomidagi “notarial arxivlar” degan so‘zlar “idoraviy notarial arxivlar” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
b) muqaddimadagi “huzuridagi notarial arxivlar” degan so‘zlar “huzuridagi idoraviy notarial arxivlar” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
v) 10-bandda:
“a” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“Mazkur Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda byudjyetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin;”;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi “arxivga ishlov berish” so‘zlaridan keyin “, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ni yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilish,” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
g) 20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“20. Notarial idora xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik shaxsiy ustamalar o‘rnatishga O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan pulli xizmatlar va notariuslar tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlarni amalga oshirishdan kelib tushadigan mablag‘larning 80 foizigacha miqdordagi qismi ajratiladi.
Ajratilgan mablag‘larni notarius va unga biriktirilgan xodimlar o‘rtasida taqsimlash notariusning taklifiga asosan amalga oshiriladi.”;
d) 211-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

09:47 / 15.07.2025
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi

09:22 / 14.07.2025