Jahon | 08:44 / 31.07.2018
4346
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shimoliy Koreyada qurol ishlab chiqaruvchi yangi zavodlar qurilmoqda

AQSh razvedkachi sun'iy yo‘ldoshi Shimoliy Koreyada ilk qit'alararo ballistik raketa ishlab chiqarishda foydalanilgan zavodda shubhali harakatlarni kuzatgan. AQSh rasmiysi Pxenyanni yadro dasturidan to‘liq voz kechishi haqida gapira turib, shu haqda ma'lum qilgan.

 Reuters muxbiri bilan suhbatlashgan razvedka xodimining ma'lumotiga ko‘ra, Sanumdong atrofida transport harakati, zavodga kirib chiqayotgan kishilar kuzatilgan. 

Foto:  Planet Labs Inc/Handout via REUTERS

Washington Post chop etgan maqolada ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya suyuq yoqilg‘i bilan kuchga kiradigan qit'alararo ballistik raketa ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikkita yangi zavodni qurishga kirishgan.

AQSh Razvedka ma'lumotiga ko‘ra, transport harakatlari shimolliklarning raketani joyidan siljitganiga ishora qiladi.​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid