Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga propiskaga qo‘yishda er-xotinlarning birga yashaganlik muddati haqidagi talabni bekor qilish taklif etilmoqda
Adliya vazirligi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxati va Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish to‘g‘risidagi nizomga tuzatish kiritishni taklif etmoqda.
Hozirda poytaxtda yoki poytaxt viloyatida doimiy propiskadan o‘tish uchun er-xotinlardan biri murojaat qilgan vaqtda ular kamida bir yil birga yashagan bo‘lishlari lozim.
Endilikda mazkur talabni bekor qilish taklif etilmoqda. Ya'ni tuzatish tasdiqlanadigan bo‘lsa, er (xotin) birgalikda qancha muddat yashagan bo‘lishidan qat'i nazar er (xotin — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxatiga ham tuzatish kiritish rejalashtirilmoqda. Xususan, doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun turar joy uchun hujjatlarning nusxalari va uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)ni taqdim etish bekor qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026