Jahon | 09:53 / 31.07.2018
3522
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp qurilajak devor masalasida Kongress bilan muzokaraga tayyorligini aytmoqda

Foto: REUTERS/Carlos Barria

AQSh prezidenti Donald Tramp chegaradagi devor va mamlakat immigratsiya siyosati bo‘yicha talablari amalga oshmasa, hukumatni yopib qo‘yishni aytib yana tahdid qildi. Biroq, davlat rahbari bu safar ushbu masalalar bo‘yicha Kongress bilan bahamjihat ishlashga tayyorligini ham ta'kidlab o‘tgan. 

«Men har doim muzokaralarga imkoniyat qoldirganman», deydi Tramp Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte ishtirokida Oq uyda tashkil etilgan matbuot anjumanida. 

Kongress joriy yil sentabr oyi yakuniga qadar hukumat xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilishi lozim, aks holda hukumat tugatiladi. Prezidentning istagi esa boshqacha: u AQSh-Meksika chegarasida qurilishi nazarda tutilgan devor uchun 25 milliard dollar har qanday xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihalardan biriga kiritilishini talab qilyapti. 

«Agar biz chegara xavfsizligini ta'minlay olmasak, men hukumatni yopish to‘g‘risidagi muammoni boshlamas edim», deydi Donald Tramp. ​

Mavzuga oid