Jahon | 18:29 / 31.07.2018
2556
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp janubiy chegarada xavfsizlik choralari kuchaytirilishiga izoh berdi

Andrew Harnik/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp janubiy chegarada xavfsizlikni kuchaytirish zaruriyatini Meksikadagi qotilliklar oqibatidagi o‘lim darajasi yuqoriligi bilan izohladi.

«Chegaralarda xavfsizlikni kuchaytirishimizga sabablardan biri Meksikada qotilliklar oqibatidagi o‘lim darajasining 2017 yilda 27 foizga oshib ketganidir. 31174 kishi o‘ldirilgan, bu rekord. Demokratlar ochiq chegaralarni istashadi. Men esa chegaralardagi maksimal xavfsizlikni hamda AQSh immigratsiya-bojxona politsiyasi va mahoratli huquqni muhofaza qilish organlari hurmat qilinishini xohlayman», — deb yozdi Tramp Twitter’da.

Avvalroq Tramp «Agar Demokratik partiya devor qurishni nazarda tutuvchi chegara xavfsizligi loyihasiga ovoz bermasa, hukumatni tarqatib yuborishi bilan tahdid qilgandi.

«Lotereya, ushlab, qo‘yib yuborish kabi migratsion masalalarga barham berishimiz kerak. Bizga buyuk insonlar mamlakatga kirib kelishi zarur», deb yozgandi u. 

Eslatib o‘tamiz, noqonuniy migratsiyaga barham berish uchun Meksika bilan chegarada devor qurish Trampning asosiy saylovoldi va'dalaridan biri bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid