Özbekistonda fuqarolarni ijtimoiy jihatdan har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida keng kölamli islohotlar olib borilmoqda. Bu sohadagi eng muhim qadamlardan biri bu Özbekiston Respublikasi prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida» 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son farmoni imzolangan bölib, bu farmonning imzolanişi minglab yurtdoşlarimizni qiynab kelayotgan masala noqonuniy qurilgan uy joylarga bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida mulk huquqi beriş töğrisida edi. 

Mazkur farmonning ijrosini ta'minlaş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida» 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son Farmoni ijrosini ta'minlaş çora-tadbirlari haqida” 461-son qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorga Köçmas mulkka nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida köçmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş tartibi belgilangan hamda mazkur aksiyaning  2019 yil 1 mayga qadar davom etişi belgilangan.

Davlat xizmatlari agentligi Toşkent şahar boşqarmasidan xabar berişlariça, yuqoridagi qarorning 3-bandida  Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar (şaharlar) hokimliklari bir hafta muddatda 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tarkibda köçmas mulkka nisbatan huquqni e'tirof etiş işlarini taşkil etiş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar, tuman (şahar) komissiyalarini tuzişi qat'iy belgilangan.

Faqatgina, Toşkent şahrida 2018 yil 27 iyul holatiga quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalarida yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyiga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş uçun Davlat xizmatlari markazlariga fuqarolardan 800ga yaqin arizalar kelib tuşgan. Vazirlar Mahkamasining 461-son qarori 2018 yil 21 iyunda imzolanganligiga qaramasdan, Toşkent şahri Bektemir, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Çilonzor, Yunusobod Yakkasaroy va Yaşnobod   tuman hokimliklari tomonidan hanuzgaça Köçmas mulkka nisbatan huquqni e'tirof etiş işlarini taşkil etiş böyiça tuman (şahar) komissiyalari işi taşkil etilmagan. Bu esa, öz navbatida, fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş tartibi qöpol ravişda buzilayotganligi, qolaversa fuqarolarning ovoragarçiligiga hamda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga işonç yöqolişiga sabab bölmoqda. 

Özbekiston Respublikasi prezidentining PF-5421-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 461-son qarorida belgilangan vazifalar mutasaddi davlat organlari tomonidan tez kunlarda ijrosi ta'minlanadi, degan umiddamiz.