Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati peshqadam: 9 oyda eng ko‘p turar joy shu hududda foydalanishga topshirildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 11,1 mln kvadrat metr turar joy foydalanishga topshirildi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga ko‘pdir. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida foydalanishga topshirilgan turar joy maydoni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
- Toshkent viloyati — 1 435,2 ming kv.m;
- Buxoro viloyati — 1 216,0 ming kv.m;
- Namangan viloyati — 1 127,8 ming kv.m;
- Andijon viloyati — 1 089,3 ming kv.m;
- Xorazm viloyati — 984,1 ming kv.m;
- Surxondaryo viloyati — 983,5 ming kv.m;
- Farg‘ona viloyati — 956,7 ming kv.m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 669,2 ming kv.m;
- Qashqadaryo viloyati — 682,6 ming kv.m;
- Navoiy viloyati — 551,1 ming kv.m;
- Toshkent shahri — 578,3 ming kv.m;
- Jizzax viloyati — 434,0 ming kv.m;
- Samarqand viloyati — 312,7 ming kv.m;
- Sirdaryo viloyati — 90,2 ming kv.m.
Qayd etilishicha, uy-joy qurilishi hajmining o‘sishi, ayniqsa, Toshkent viloyati, Buxoro, Namangan va Andijon viloyatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa aholini uy-joy bilan ta’minlash, yangi turar-joy massivlari va infratuzilmalar barpo etish bo‘yicha ishlar izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026
Import hajmi qariyb 27 foizga oshdi
11:36 / 23.06.2026
4-5 qavatli uylar ham renovatsiyaga tushishi mumkin – Adliya vazirligi vakili bilan suhbat
10:55 / 22.06.2026