Prezident farmoni bilan, Özbekistonda 2040 yilga qadar har yili qurilayotgan uy-joylar sonini ikki baravarga oşirib, 421 mingtaga olib çiqiş maqsadi qöyildi.
Şuningdek, 2040 yilgaça ipoteka krediti portfelini 10 baravardan ortiq köpaytirgan holda, 56,7 mlrd AQŞ dollariga yetkaziş ham közda tutilmoqda.
Buning uçun quyidagilar uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirişning asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilandi:
- yirik aglomeratsiyalarda uy-joy fondining ösişi va şahar muhitini rivojlantirişni ta’minlagan holda, urbanizatsiya jarayonlarini qöllab-quvvatlaş;
- aholining uy-joy şaroitlarini yaxşilaş va “Yangi Özbekiston” massivlarini barpo etiş işlarini izçil davom ettirgan holda, uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar uluşini 2040 yilga qadar 50 foizga yetkaziş;
- uy-joy bozoriga bank moliyasi va institutsional investorlar mablağlarini, şu jumladan, ipoteka kreditidan foydalangan holda jalb etiş;
- uluşli qurilişga sarmoya kiritayotgan jismoniy şaxslarning huquqlarini himoya qiliş;
- uy-joy qurilişi sohasini “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida kompleks isloh qiliş va uni amalga oşirişdagi tösiqlarni bartaraf etiş.
Kompleks quriliş tamoyili
Uy-joy qurilişida kompleks quriliş tamoyili joriy etiladi. Bunda:
- qurib bitkazilmagan uy-joylar hamda sanoat hududlari birinçi navbatda qurilişga jalb etiladi;
- ekologik toza mahsulotlar hamda energiya tejovçi texnologiyalardan foydalangan holda uy-joy massivlarining muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasi oldindan barpo etiladi.
Kompleks quriliş tamoyili doirasida:
- kompleks quriliş dasturlari faqat oçiq va batafsil işlab çiqilgan rejalar asosida tayyorlanadi;
- kompleks quriliş uçun ajratilgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş dasturlariga kiritiş yoki boşqa loyihalarga jalb etiş hamda ularning maqsadli yönalişini özgartirişga yöl qöyilmaydi;
- kompleks quriliş loyihalariga kiritiladigan yer uçastkalari, köçmas mulk obektlari va ularning huquq egalari töğrisida töliq ma’lumotlar taqdim etiladi;













