O‘zbekiston | 12:14 / 31.07.2018
2890
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zeltexsanoat” AK delegatsiyasi Janubiy Koreyadagi investorlar bilan muzokara olib bormoqda

“O‘zeltexsanoat” AK Boshqaruv raisi v.b A.Abdullayev hamda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari S.Habibullayev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Janubiy Koreyadagi yirik elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari, investorlari bilan uchrashish, ularning ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishish hamda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish maqsadida 31 iyul – 3avgust kunlari ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘ladi. Bu haqda kompaniya Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Foto: O‘zeltexsanoat

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 26 iyul kuni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sarmoyalarni o‘zlashtirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Xizmat safarining dastlabki kuni delegatsiya a'zolari onlayn rejimdagi issiq va sovuq suv hisoblagichlarni ishlab chiqaruvchi “PSTech” korxonasi vakillari bilan muzokara olib bordilar. Dastavval korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishildi. O‘z navbatida koreyalik hamkorlarga O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti, chet ellik investorlar uchun berilayotgan imtiyoz va qulayliklar hamda mazkur korxona bilan yangi istiqbolli loyihalar tuzish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Foto: O‘zeltexsanoat
Foto: O‘zeltexsanoat

“PSTech” korxonasi Koreyadagi yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan “Dongho Cosmo” kompaniyasining doimiy hamkori sanaladi. Ayni paytda ushbu kompaniya bilan  hamkorlik munosabatlari boshlab yuborilgan. Ushbu yirik ishlab chiqarish korxonasi asosan onlayn rejimdagi elektr, gaz, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mazkur qurilmalar Toshkent shahridagi 18ta xonadonda dastlabki sinov tariqasida o‘rnatildi. Agar ushbu tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, istiqbolli loyihalar amaliyotga keng joriy etiladi.

Foto: O‘zeltexsanoat

Delegatsiya a'zolari 3 avgustga qadar Koreyaning qator yetakchi sanoat korxonalari vakillari bilan o‘zaro manfaatli muzokaralar olib borishni rejalashtirgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid