Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: AQSh Turkiyaga qarshi sanksiyalar tayyorlashga kirishdi
AQSh hukumati sanksiyaga tushadigan turkiyalik yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatini tuzmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, cheklovlar Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar tamoyilida ishlab chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, Vashington tomonidan Anqaraga qarshi ehtimoliy sanksiyalar kiritishi Turkiyada AQSh fuqarosining jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan bog‘liq.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an Turkiya AQShning sanksiyalar qo‘llash tahdidiga qaramasdan Anqara amerikalik pastor Endryu Bronson borasida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasligini ma'lum qildi.
Turkiyada josuslik va terrorchilar bilan aloqadorlikda ayblanayotgan pastor Endryu Bronson ozod qilinmasa Anqaraga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi haqidagi tahdidlarni izohlar ekan, Erdo‘g‘an Turkiya inson huquqlari va mustaqil odil sud tamoyilidan chekinmasligini aytdi.
Prezidentning fikricha, AQSh vakillari tomonidan Anqaraga nisbatan yangrayotgan tahdidlar aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan sionizm va yevangelizmga asoslangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Turkiyaga tahdid qilmasligi lozim edi.
«Anqara o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi. Amerika tomoni Turkiyaning mazkur pozitsiyasidan yaxshi xabardor deb o‘ylayman», - dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
09:16