Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda yuz bergan YTHda 4 kishi halok bo‘lib, 1 kishi jarohat oldi
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 31 iyul kuni Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 137-km.da haydab ketayotib, yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida, orqasidan harakatlanib kelayotgan I.Yu. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi unga urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi I.Yu. va uning uch nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etganlar. Yana bir nafar yo‘lovchisi X.R. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026