Jahon | 00:37 / 01.08.2018
7447
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 84 yoshli olim Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: YouTube/ AO AOTNSH

Xarkovning Orjonikidze tuman sudi 84 yoshli olim Mexti Logunovni Rossiya maxsus xizmatlari uchun mudofaa vazirligining buyurtmalari haqidagi ma'lumotlarni to‘plaganligi uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Bu haqda Xarkov viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

UNIAN axborot agentligining ma'lum qilishicha, u 2017 yil sentabrda qo‘lga olingan. Logunov uchun 18 kishidan iborat guruh harbiy obektlar hamda Xarkov fizika-texnika instituti faoliyati va radioaktiv chiqindilar saqlanadigan joylar haqida ma'lumot to‘plash bilan  shug‘ullangan. Logunov Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan.

Tuman sudining hukmi hozircha kuchga kirmadi, Logunovning advokati hukmga norozilik bildirishini ma'lum qildi. Logunovning o‘zi qamoqda saqlanmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid