Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Markaziy banki iqtisodiy o‘sish sur'atlari sekinlashgani haqida xabar berdi
Foto: Pinterest
2018 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,9%ga o‘sdi, bu o‘sish sur'atining biroz pasayganini ko‘rsatmoqda, deyiladi Markaziy bankining pul-kredit siyosati sharhida.
«2018 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha statistik ma'lumotlar iqtisodiyot o‘sishi ijobiy dinamikasi saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, 2018 yil yanvar-mart oylarida iqtisodiyotning 5,1%lik real o‘sishidan so‘ng, birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 4,9%ni tashkil etdi. Bu 2018 yilning ikkinchi choragida iqtisodiyot o‘sish sur'atlari biroz pasayganidan dalolat bermoqda», - deya qayd etiladi MB sharhida.
MB ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon kapital qo‘yilmalarning hajmi 13,4 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, asosiy o‘sish birinchi chorakda sodir bo‘ldi. Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida tadbirkorlik, iqtisodiyotning alohida sektorlari va mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Markaziy bankdan ta'kidlashlaricha, maqsadli rivojlanish dasturlarini amalga oshirish samaradorligi va sifati o‘rta hamda uzoq muddatli istiqbolda ishlab chiqarishning o‘sishi va narx barqarorligini ta'minlashga bog‘liq.
Mavzuga oid
15:38
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
20:53 / 25.05.2026
O‘zbekistonliklar go‘sht va sut narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
11:46 / 22.05.2026
500 ming so‘mlik yangi banknot haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
10:32 / 16.05.2026