Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afrikadagi qo‘shinlari sonini keskin qisqartirishi mumkin
AQSh qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi qit'adagi amerikalik qo‘shinlar sonini jiddiy qisqartirishni tavsiya qildi. Bunda, birinchi navbatda, maxsus topshiriqli bo‘linmalar nazarda tutilgan. Bu haqda CNN telekanali chorshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligidagi uchta manbaga tayanib ma'lum qildi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, bu tavsiyalar AQSh qurolli kuchlarining shtablar boshliqlari Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Afrika qo‘mondonligidan bildirishlaricha, Afrikadagi qo‘shinlar sonining qisqarishi prezident Donald Tramp ma'muriyatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi faollikni kamaytirish hisobidan Rossiya va Xitoyni tiyib turishga qaratilgan mudofaa doktrinasiga mos tushadi, deya aniqlik kiritgan
AQShning maxsus topshiriqli kuchlari hozirgi vaqtda Afrikadagi 10dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Somali, Niger va Kamerunda joylashtirilgan. Ularning asosiy vazifasi Somalida «Ash-Shabob» kabi terrorchilik guruhlariga qarshi kurashishdir.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026