Bojxonachilar Toyota tomiga yashirilgan Galaxy’larni aniqlashdi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan uyali aloqa vositalari va aksessuarlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Shunga qaramay fuqarolar tomonidan turli nayranglar ishlatib, uyali aloqa vositalarini olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchrab turibdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ana shunday holatlardan biri “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Ushbu chegara bojxona postiga “Toyota Aristo” rusumli avtotransport piyoda kirib kelgan K. Ye. og‘zaki savol-javobdan o‘tkazilgandan so‘ng, o‘zi boshqaruvida bo‘lgan vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, avtomashinaning tepasidagi lyukning ichiga yashirgan holda umumiy narxi qariyb 40 million so‘mlik uyali telefonlarni olib kirmoqchi bo‘lganligi fosh etildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga qo‘shni davlatlardan avtomobilda yoki piyoda ravishda kirib kelishda telefon apparati, shu jumladan qo‘l telefonni bir oy davomida bir donadan bojsiz olib kirishlariga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024