Ona qornidagi bola hali közini oçmagan, lekin u atrofdagi tovuşlarni, masalan, onasining yurak urişi, söz ohangi, hatto telefonidan çiqayotgan ovozlarni eşitadi.
Bu tovuşlar bola uçun birinçi “axborot oqimi” sanaladi. Onaning sokin ovozi unga taskin bersa, telefondan çiqayotgan keskin signal, baland musiqalar yoki tez-tez takrorlanadigan bildirişnoma tovuşlari homilada stress gormoni işlab çiqilişini kuçaytirişi mumkin. Çunki bola 24–28-haftalardan boşlab taşqi tovuşlarni seza boşlaydi.
Mobil telefonlar çiqaradigan elektromagnit tölqinlar (EMF) homilaning asab tizimiga sezilarli darajada ta’sir körsatadi. Şu yönalişda olib borilgan tadqiqotlarda ta’kidlanişiça, smartfonlarni me’yoridan ortiq işlatgan homiladorlar embrionlarida keyinçalik diqqat buzilişi va uyqu muammolari kuzatilgani aniqlangan.
Şifokorlar buning sababini şunçaki “nurlaniş” bilan emas, onaning holati bilan ham boğlaşadi. Telefon ekrani qarşisida köp vaqt ötkaziş stress, köz zöriqişi, uyqu buzilişi va asabiylikni kuçaytiradi. Bularning bari tabiiyki, homila uçun ham xavfli. Çunki bola onaning hissiy holatini sezadi: ona asabiy bölsa, homila ham tinçlana olmaydi.
Uyqu buzilişi
Telefon ekranidan tarqaladigan kök nur organizmga “hali kun davom etmoqda” degan signalni yuboradi. Bu melatonin gormonining tabiiy işlab çiqişiga tösqinlik qiladi. Melatonin organizmni uyquga tayyorlaydigan asosiy gormon bölgani uçun tanada uning miqdori kamayişi homilador ayolning tun böyi bezovtalanib uxlaşiga sabab böladi. Uyqu sifati yomonlaşsa, kun davomida çarçoq, kayfiyat tuşişi, tez asabiylaşiş kuzatiladi. Bularning barçasi baçadonda qon aylanişiga ham ta’sir körsatadi. Oqibatda homila kislorodni yetarliça olmasligi ehtimoli oşadi, bu esa rivojlaniş uçun salbiy omil hisoblanadi.
Ba’zi ekspertlar hatto telefonni qorinning yaqinida saqlamaslikni, çaqaloq uxlayotgan xonada esa mobil qurilmani “fly mode” rejimiga qöyişni tavsiya etadi. Bu elektromagnit nurlanişni kamaytiradi hamda onani ijtimoiy tarmoqlar şovqinidan oz bölsa ham uzoqlaştiradi.
Stress
Telefon töxtovsiz yangiliklar, bildirişnomalar va ijtimoiy tarmoqlarni jamlagan manbadir. Homilador ayolning ma’lumotlarni qayta-qayta körib çiqişi miya faoliyatiga zöriqiş beradi. Oqibatda organizm












