Jamiyat | 21:08 / 02.08.2018
14043
2 daqiqa o‘qiladi

YHXB: Farangiz Rejametova halok bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatish taklifi fojiadan ancha oldin berilgan

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” sahifasida Toshkent shahrida biror jiddiy kor-hol sodir bo‘lmaguncha yo‘l harakatini tartibga solishga e'tibor berilmasligi keng muhokama qilinmoqda. Jumladan, unda aktrisa Farangiz Rejametova vafot o‘tgan piyodalar o‘tish qismi ham svetofor bilan tartibga solina boshlangani, bu yerga svetofor o‘rnatish uchun albatta shunday fojia ro‘y berishi shartmidi, degan savollar ham tashlandi. 

Biz mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXBga murojaat qildik. Ularning ma'lum qilishicha, mazkur piyodalar o‘tish qismiga svetofor o‘rnatish taklifi 2018 yil 4 iyulda ShIIBB YHXB tomonidan shahar hokimligi huzuridagi Yo‘l harakatini boshqaruv texnik vositalar o‘rnatish va foydalanish departamentiga maktub yo‘llangan. Biroq, afsuski, bu departament o‘z vaqtida svetofor o‘rnatish chorasini ko‘rmagan.

“Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi tartibga solinmagan chorrahaga svetofor o‘rnatish masalasida quyidagini ma'lum qilamizki, Farangiz Rejametova YTH oqibatida vafot etishidan 15-20 kun avval, aniqrog‘i 2018 yil 4 iyul kuni Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakatini tashkil etishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan Toshkent shahar xokimiyati qoshidagi Yo‘l harakatini boshqaruv texnik vositalar o‘rnatish va foydalanish departamentiga topshiriq berilgan. Biroq, bu ko‘chaga svetofor o‘rnatish navbati ikki haftadan keyin kelgan”, - deyiladi Kun.Uz’ga berilgan ma'lumotnomada. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid