Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Matematiklar uchun Nobel mukofoti»ni olgan eronlik oradan yarim soat o‘tib medalini o‘g‘irlatib qo‘ydi
1 avgust kuni Rio-de-Janeyroda Xalqaro matematika kongressi ta'sis etgan Filds mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi. Mukofotlardan birini eronlik matematik Kaucher Birkar oldi, ammo oradan taxminan yarim soat o‘tib uning medalini o‘g‘irlab ketishdi.
The Guardian nashrining yozishicha, u «Matematiklar uchun Nobel mukofoti»ning to‘rt laureatidan biri bo‘lgan. U minimal modellar dasturi tadqiqotlariga qo‘shgan hissasi uchun mukofotga sazovor bo‘lgan.
Jurnalistlarning aytishlaricha, mukofot topshirish marosimidan bir necha daqiqa o‘tgach, u ichiga medal, hamyon va mobil telefon solingan portfelini marosim o‘tayotgan pavilondagi stol ustiga qo‘ygan. Birozdan so‘ng u portfeli yo‘qligini sezib soqchilarga murojaat qilgan. Tez orada portfel stollardan biri ostidan topilgan, ammo uning ichida medal yo‘q bo‘lgan.
Politsiyaning ma'lumot berishicha, kuzatuv kameralaridagi yozuvlar orqali o‘g‘rini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.
Filds mukofoti butun dunyodagi yoshi 40dan kichik bo‘lgan yetuk matematiklarga topshiriladi. Matematika sohasida Nobel mukofoti yo‘qligi bois u mazkur sohadagi eng yuksak mukofot hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:03 / 11.05.2026
Eronda Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy qamoqdan ozod etildi
22:11 / 30.04.2026
Tramp yana Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi
21:44 / 13.03.2026
Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti endi o‘zini qiziqtirmasligini aytdi
18:46 / 19.01.2026