Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda qadimgi fir'avnlar ibodatxonalari o‘rnida qazish ishlari boshlandi
Misr qadimiy yodgorliklar ishlari bo‘yicha vazirligi Kafr-ash-Shayx universiteti bilan hamkorlikda Tall-al-Farain tumanida qazish ishlarini boshladi. Bu yerda 2018 yilning fevralida fir'avnlarning XXVI sulolasi asoschisi Psametix I (taxminan er.av. 664 – 610 yillar) yodgorligi bo‘laklari topilgandi.
"Qazish ishlari natijaga erishilmaguncha davom ettiriladi. Biz bo‘lajak topilmalar Kafr-ash-Shayx tarixida yangi sahifani ochadi degan fikrdamiz", — dedi Kafr-ash-Shayx arxeologiya boshqarmasi direktori Abdul Nosir Xigyoziy.
Kafr-ash-Shayx viloyatining Tall-al-Farain tumanida qadimda ikkita shahar va yirik diniy markaz bo‘lgan. Bu yerda 1988 yilda qazish ishlari vaqtida ma'buda Uajyet ibodatxonasi topilgan. Tarixchi Gerodot bu yerda uchta ibodatxona bo‘lganini yozgan, shu bois arxeologlar yaqin vaqt ichida bu ibodatxonalar joylashgan yerlarni topishga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026