Jahon | 07:43 / 03.08.2018
8663
1 daqiqa o‘qiladi

12 yoshli bolakay Meksikadagi eng yirik universitet talabasiga aylandi

Foto: UNAM

Endigina 12 yoshga to‘lgan iste'dodli bolakay Meksikadagi eng katta oliy o‘quv dargohi bo‘lgan Milliy avtonom universitet talabasiga aylandi.

Karlos Antonio Santamariyani universitetdagilar to‘qqiz yoshidan beri bilishadi, u o‘sha vaqtda kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab tahliliy ximiya, bioximiya va molekulyar biologiya bo‘yicha daraja olgan, deyiladi UNAM matbuot relizida. O‘qishni davom ettirish maqsadida u 6 avgustdan boshlanadigan biotibbiyot fizikasi kursini tanladi.

"U ota-onasi o‘qishga yetaklab keladigan yagona talaba bo‘ladi", – deyiladi matbuot relizida.

Oliy o‘quv yurtiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Santamariya o‘rta maktab bitiruv imtihonlarini muddatidan oldin topshirdi. 

"Men shunchaki o‘qishni istayman: agar eshikdan haydashsa, derazadan kiraman", — deydi yosh talaba.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid