Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning 60 milliard dollarlik mahsulotlariga boj kiritishini aytib tahdid qildi
Xitoy hukumati AQSh tomonidan Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar joriy etilsa, javob choralarini ko‘rishini bildirdi. Bu haqda Xitoy moliya vazirligi saytida ma'lum qilindi. Pekin AQShda ishlab chiqarilgan 60 milliard dollarlik mahsulotlar importiga boj kiritishga tayyor.
Oq uy 1 avgust kuni Xitoyning yillik 200 milliard dollarlik mahsulotlari importiga kirish bojlarini 25%ga oshirishni rejalashtirganini tasdiqladi. Avvalroq Amerika hukumati Xitoydan import qilinadigan 35 milliard dollarlik mahsulotlarga 25%lik boj kiritgandi.
Iyun oyi o‘rtalarida AQSh XXRda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etdi, bu Amerikaga import qilinadigan Xitoy mahsulotlarining o‘ndan bir qismiga nisbatan qo‘llanildi.
Xitoy ham o‘z navbatida AQShdan import qilinadigan 659 nomdagi mahsulotga 25 foizlik kirish boji joriy etishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026