Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi sammitda Kaspiy dengizining huquqiy maqomiga aniqlik kiritiladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Beshinchi Kaspiy sammitiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Yig‘ilishda Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konventsiya va boshqa kelishuvlarni imzolashga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
"Beshinchi Kaspiy sammiti doirasida Kaspiy dengizining huquqiy maqomini aniqlash bo‘yicha uzoq yillik muzokaralarni yakuniga yetkazish rejalashtirilmoqda. Sammitning muhim hujjati Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konventsiya bo‘ladi. Unda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh davlatlarning undan foydalanish bo‘yicha huquq va majburiyatlari aks etadi", - dedi tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov.
Mavzuga oid
08:52 / 11.05.2026
NYT: Kaspiy dengizi Rossiya va Eron uchun strategik savdo yo‘lagiga aylandi
13:25 / 21.12.2025
Ukraina Rossiyaning Kaspiy dengizidagi kemasiga zarba berdi
22:56 / 24.11.2025
Olimlar Kaspiy dengizi ikkiga ajralishi mumkinligidan ogohlantirdi
17:44 / 02.10.2025