Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis matbuoti Angela Merkelni yo‘qotib qo‘ydi
Foto: dpa / Wolfgang Kumm
Germaniya kansleri Angela Merkelning turmush o‘rtog‘i Yoaxim Zauer rafiqasisiz Italiyadagi Alp tog‘-chang‘i kurortiga ta'tilga ketdi, hamda endi butun Germaniya Merkel qayerda ekani bilan qiziqmoqda, deb yozadi The Times gazetasi.
Materialda ta'kidlanishicha, fotosuratlarda Merkelning eri Yoaxim Zauer bir o‘zi ko‘rinish beradi. Materialda qayd etilishicha, an'anaviy tarzda Merkel yozgi ta'tilni eri bilan o‘tkazadi. Biroq, bu safar Zauer Italiyaning Zolden tog‘-chang‘i kurortidagi oddiy to‘rt yulduzli mehmonxonada birinchi turmushida tug‘ilgan o‘g‘li bilan joylashgan.
Times xabariga ko‘ra, GFR kansleri Angela Merkelning ish jadvalida 20 avgustga qadar bo‘lgan muddatda qandaydir muhim hodisalar yo‘q. Shuning uchun er-xotinning alohida ta'tilga chiqishi sababi aniq emas.
Germaniya kanslerining jamoatchilik oldida yo‘qolib qolishi turli xil mish-mishlarga olib keldi. Misol uchun, Bild nashri Merkel yo‘qolib qolishining ehtimoliy sabablarini izlagan. Jumladan, oilaviy inqirozdan «maxfiy missiya»gacha bo‘lgan variantlar ko‘rib chiqildi.
«Yordam bering! Bizning kansler qayerda?» - deyiladi Germaniyaning Express tabloididagi materialda.
Bavariyaning Augsburger Allgemeine gazetasi taxminiga ko‘ra, Merkel o‘zining sevimli taomi - kartoshka sho‘rvani tayyorlash bilan band bo‘lishi mumkin. Germaniya OAVda Merkelning g‘oyib bo‘lishiga oid tarqalgan yana bir taxminga ko‘ra, u sog‘lig‘ida jiddiy muammolarga duch kelgan onasi Gerlinda Kasnerning yonida bo‘lishi mumkin, deb xulosa qiladi Times.
Mavzuga oid
09:40 / 31.12.2025
Germaniya sohillari yonidan ilk bor Rossiyaning «zombi-tankeri» o‘tdi
09:36 / 31.12.2025
Germaniya tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: bankdan 90 mln yevro o‘marildi
16:16 / 30.12.2025
Germaniyada Usmonovga qarshi ochilgan ikkinchi tergov ham to‘xtatildi
15:08 / 30.12.2025