Jahon | 15:24 / 03.08.2018
7790
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yil boshidan buyon nechta teraktning oldi olingani ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti/Aleksey Danichev

Rossiya bosh prokurori birinchi o‘rinbosari Aleksandr Buksmanning ma'lum qilishicha, mamlakatda yil boshidan buyon tayyorgarlik va rejalashtirish bosqichida bo‘lgan 19 teraktning oldi olingan. Bosh prokuror o‘rinbosarining so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirildi.

«19ta terakt tayyorgarlik va suiqasd bosqichida to‘xtatib qolindi», - deya aytib o‘tdi Buksman. 

U kollegiyada yarim yillik yakunlari bo‘yicha shunday bayonot berdi.

Avvalroq, Rossiya bosh prokurori Yuriy Chayka 2017 yilda mamlakatda mingga yaqin ekstremistlar aniqlangani haqida ma'lum qilgandi. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, 2017 yilda ekstremistik xarakterdagi jinoyatlar soni 5 foizga oshgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda Rossiyada 24ta teraktning oldi olingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburg metrosidagi terakt bo‘yicha yangi tafsilotlar oshkor qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid